Avstraliya kaft rasmiga qarab yoshni tekshirish texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

contenido

Bugun, 14:49 Texnologiyalar    

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt texnologiyasi qo‘lni kamera oldida 30 soniya harakatlantirish orqali o‘smirlarning kaftini kattalarnikidan 99% aniqlikda ajrata oladi.

Foto: Crikey

Avstraliya kaft rasmiga qarab yoshni tekshirish texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “Crikey” nashri xabar berdi.

Sun’iy intellektlarga ixtisoslashgan Needemand kompaniyasi barmoqlar harakatini kuzatib, o‘smirlarning kaftini kattalarnikidan 99% aniqlikda ajrata oladigan texnologiyani taqdim etdi. Endi hujjatlar yoki yuzni ko‘rsatish shart emas.

“BorderAge” nomli texnologiya foydalanuvchining qo‘l harakatlari videoyozuvlarini tahlil qiladi. “Needemand” kompaniyasining bosh operatsion direktori Jan-Mishel Politning aytishicha, mashinali o‘rganish algoritmlari 2017-yildan buyon to‘plangan o‘n minglab videoyozuvlar asosida o‘rgatilgan.

“Asab tizimimiz tug‘ilishdan to voyaga yetguncha har kuni o‘zgarib turadi, shu sabab barmoqlar harakati ham yoshga qarab o‘zgaradi. Eng muhimi: barchasi anonim, pasport yoki selfi kerak emas, faqat qo‘lni kamera oldida 30 soniya harakatlantirish kifoya”, — deydi ishlab chiquvchilar.

Texnologiya ajin, qo‘l o‘lchami, tatu yoki taqinchoqlar kabi tashqi belgilarni e’tiborga olmaydi, aksincha, faqatgina harakatlarga diqqat qaratadi.

2024-yil noyabr oyida Avstraliya parlamenti 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Yangi qonunga ko‘ra, texnologik kompaniyalar voyaga yetmagan foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “aqlli choralar” ko‘rishlari kerak. Aks holda, ularga deyarli 50 mln Avstraliya dollari ($32 mln) miqdorida jarima solinishi mumkin.

Taqiq “Snapchat”, “TikTok”, “Facebook”, “Instagram”, “Reddit” va “X” (sobiq Twitter) kabi ijtimoiy tarmoqlarga ta’sir qilishi kutilmoqda, biroq bu ro‘yxat kengaytirilishi mumkin.

Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib yosh chegarasiga samarali rioya qilish uchun biometrik yoki davlat hujjatlaridan foydalangan holda yosh tekshiruvini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq “Spot” Turkiyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkinligi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, mamlakat 2025-yil davomida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonunlar qabul qilishni rejalashtirmoqda.

«Spot»

Bugun, 19:19 Biznes

Qayd etilishicha, zarar ko‘rganlar hozirgi narxidan yuqoriroq to‘lov qilganlar hisoblanadi. Ayrim treyderlar ularning narxi yana ko‘tarilishiga umid qilmoqda.

Bugun, 18:53 Biznes

Bungacha kompaniya pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqi uchun o‘tkazilgan takroriy savdoda g‘olib bo‘lgandi.

Bugun, 18:25 Intervyu

Murat Alixanov nima uchun fitnes sohasini tanlagani, loyihani qanday rivojlantirgani hamda foydalanuvchilarning 70%i sport abonementini birinchi marta xarid qilayotgani haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

Bugun, 17:50 Texnologiyalar

Ular orasida kontent yaratuvchilar uchun sun’iy intellekt vositalari, jumladan, g‘oyalar ishlab chiqish, eskizlar yaratish va sinxron tarjima qilish kabilar bor.

Bugun, 17:49 Qonunchilik

Maktab bitiruvchilaridan kasb-hunar bo‘yicha amaliy imtihon olinib, ularga sertifikat beriladi.

Bugun, 16:40 Iqtisodiyot

O‘tgan oyda o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop va xorijiy lyuks avtomobillar hamda elektromobillar narxlari pasaygan.

Bugun, 16:31 Iqtisodiyot

“UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain"ning sobiq bosh direktori utilizatsiya yig‘imini oshirish haqida gapirar ekan, ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida “to‘g‘ri manfaatlar muvozanatini” topish kerakligini qayd etdi.

Bugun, 16:12 Energetika

Xususan, Koson tumanidagi nodavlat ta’lim muassasasi o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Resumir
Avstraliya sun’iy intellekt texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda, bu texnologiya o‘smirlarning kaftini kattalarnikidan 99% aniqlikda ajratadi. Foydalanuvchilar qo‘l harakatlarini 30 soniya davomida kamera oldida ko‘rsatishlari kerak. Bu yangi texnologiya, “BorderAge” deb nomlanadi, va hujjatlar yoki yuzni ko‘rsatishni talab qilmaydi. 2024-yilda Avstraliya parlamenti 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi, texnologik kompaniyalar esa bu qonunga rioya qilish uchun choralar ko‘rishi kerak.